“Barsa” Xolandga qancha maosh va’da qilganini bilsizmi?

  • 20 fevral, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Kataloniyaliklar Dortmund klubiga futbolchining shartnomasida belgilangan 75 million evro miqdoridagi badalni to‘lashga rozi bo‘ldi. Shuningdek, ular Mino Rayolaga komissiya ham to‘laydi.

“Barselona” norvegiyalik hujumchini yangi loyihaning asosiy o‘yinchisi qilib belgilamoqchi va tarkib aynan Xoland atrofida shakllantiriladi. Tabiiyki, yangi loyiha ishtirokchilari orasida eng katta maosh Erlingga beriladi. Hozircha, kataloniyaliklar besh yillik shartnoma va har bir mavsum uchun 20 million evro taklif qilyapti.

Xoland 2020 yilning yanvarida “Zaltsburg”dan 20 million evroga transfer qilingan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan va Transfermarkt to‘purarni 150 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!