
"Barselona" bugun shov-shuvli transferni e’lon qiladi
"Barselona" bugun germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilmoqchi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 26 iyun kuni "Manchester Siti" sardori transferi haqida e’lon qilmoqchi. Aytish kerakki, “Barsa” 32 yoshli futbolchi bilan o‘tgan chorshanba kuni shartnoma imzolangan. Chunki aynan shu kuni "Barselona" direktori Mateu Alemany hujjatlarni imzolash uchun Myunxenga uchib ketgan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma “2+1” ko‘rinishida imzolangan. Kelishuvni uzaytirish variantini faollashishi Gyundoganning “Barsa”dagi ikkinchi mavsumida o‘ynagan o‘yinlari soniga bog‘liq bo‘ladi.
Markaziy yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar