“Barselona” Dembeledan voz kechishga tayyor
“Barselona” o‘z safiga “Manchester Siti”dan Ferran Toresni qo‘shib olmoqchi. “Shaharliklar” ispaniyalik yarim himoyachini ijaraga bermoqchi emas va uni oladigan klublardan to‘liq transferni talab qilyapti.
Inglizlar Torres uchun belgilagan 70 million evrolik narx moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan Kataloniya klubiga og‘irlik qiladi. Shu bois, ular Xosep Gvardiolaga hujumkor futbolchi Usmon Dembeleni olishni taklif etdi.
Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” vakillarini kataloniyaliklarning taklifi qiziqtirmadi. Chunki, Usmon Dembele mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi. Klub uni yangi bitimga ko‘ndira olmayapti.
Manchesterliklar esa transfer bozorida xaridori ko‘p futbolchisini, bir necha oydan keyin tekinga olish mumkin bo‘lgan futbolchiga almashtirishdan ma’no va mantiq yo‘qligini yaxshi biladi.

Fikrlar