
"Barselona" Echeverri uchun 30 million evro to‘lashga tayyor, lekin...
17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olgan Argentina a’zosi Klaudo Echeverri uchun Evropaning bir nechta top klublari kurashmoqda. "Barselona" esa transferni ilib ketish uchun jiddiy harakat qilyapti.
"ESPN" nashri xabar berishicha, yarim himoyachining tovon puli 25 million evro, kataloniyaliklar esa 30 million evro to‘lashga tayyor. Ammo ispan grandi bo‘lib to‘lashni istamoqda. Kurashda "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi jamoalar ham bor.
Ma’lumot uchun, Echeverri terma jamoasi bilan mundialning yarim finaligacha etib bordi va to‘rtinchi o‘rin sohibiga aylandi. Shuningdek, futbolchining o‘zi 5 ta gol urib, 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar