
"Barselona" futbolchisi Ispaniya terma jamoasida Fabregasning rekordini yangiladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Pedri kecha “Evro-2020”ning guruh bosqich dastlabki turi doirasida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etdi.
Opta nashrining ma’lum qilishicha, yosh yarim himoyachi "qizil furiya"ning rekordchisiga aylangan. Pedri 18 yosh 201 kunligida maydonga tushdi va Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionati yoki Evropa chempionatida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. U Sesk Fabregasning (19 yosh 41 kun) rekordini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi musobaqaning dastlabki bahsida Shvetsiyani enga olmadi. Uchrashuv 1: 1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Luis Enrike jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 iyun kuni Polsha terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar