"Barselona" futbolchisi jarohat oldi

  • 13.10.2021 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda International Business Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi terma jamoa safida jarohat olgan. Yarim himoyachi Ispaniya chempionatining "Valensiya" va Chempionlar ligasining "Dinamo"ga qarshi o‘yinlarida “Barselona”ga yordam berolmaydi. Biroq, u La Liga doirasida "Real" bilan bo‘ladigan o‘yinga qadar safga qaytishi mumkin.

Pedri joriy mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!