"Barselona" Germaniya terma jamoasi vakiliga ko‘z tikdi

  • 15 noyabr, 20:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Mundo Deportivo"nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar markaziy himoya zo‘nasini kuchaytirishni maqsad qilgan. Shu sababdan ham "ko‘k-anorrangllar" Germaniya terma jamoasi vakilini asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Futbolchining potentsial narxi 40 million evroga baholanmoqda. Shlotterbekning "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, fulbek joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!