
"Barselona" jamoa yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Barselona" Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi.
Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, Kataloniya klubi iyun oyi oxirigacha kelishuvni yakunlashni mo‘ljallamoqda. Niderlandiyalik yarim himoyachi hafta oxirigacha yangi shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
"Mundo Deportivo" nashrining ta’kidlashicha, de Yong bilan shartnomani uzaytirish "Barselona"ning moliyaviy ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Kelishuvni qayta tuzish natijasida klub kelgusi mavsumda yangi futbolchilarni jamoaga qo‘shish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
De Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi. O‘tgan mavsumda 28 yoshli yarim himoyachi La Ligadagi 26 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar