
"Barselona" koronavirusdan qancha zarar ko‘rdi?
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu koronavirus pandemiyasi tufayli klub 200 million evro zarar ko‘rganini ta’kidladi.
“14 maydan buyon hech qanday pul topmadik. Bizning zarar 200 million evroni tashkil etadi. Biz ushbu zararni futbolchilarning maoshlarini kamaytirish hisobiga qisqartirdik. Klub do‘konlari va muzeylarni yopishga majbur bo‘ldik. Pandemiyaning oqibatlari kamida yana 2-3 mavsum seziladi. Iqtisodchilar 4 yil, deyishmoqda, ammo umid qilamanki, qayta tiklanish tezroq amalga oshadi”, - deydi Bartomeu.
Fikrlar