“Barselona” Kuman orzu qilayotgan yulduzga shartnoma jo‘natdi

  • 11 mart, 2021, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” rahbariyati kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangi futbolchilar bilan hamkorlikni boshlab yubordi.

Avvalroq, kataloniyaliklar “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Agueroga shaxsiy shartnoma borasida rasmiy taklif yuborgandi. Endi Ronald Kuman Kataloniyaga kelganidan beri olishni orzu qilayotgan Jorjino Veynaldum  ham “Barsa”dan shartnoma oldi.

30 yoshli niderlandiyalik futbolchi “Liverpul”ning yangi bitimini qabul qilmadi va yozda erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Ayni paytda “Barselona” mutasaddilari “Manchester Siti” bilan hamkorligi yakunlanayotgan Erik Garsiyani jalb etish bo‘yicha ish boshlash arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!