“Barselona” Messini saqlab qolish uchun bir necha futbolchidan voz kechmoqda
“Barselona” etakchisi Lionel Messi yangi shartnoma borasida klub rahbariyatini qiynab qo‘ydi. Kataloniyada unga yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 35 million evro maosh taklif qilinmoqda. Agar shartnomani imzolasa 40 million evrolik bonus va’da qilindi.
Lionel Messi bitimni imzolashdan yana bosh tortdi. U taklif qilinayotganidan ko‘ra ancha ko‘p maosh olmoqchi. “Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu shartnoma tezroq rasmiylashtirishga harakat qilmoqda. Chunki Messining shartnomasi tugashiga bir yil qoldi va argentinalik futbolchi yaqinda har qanday klub bilan bitim tuzish imkoniga ega bo‘ladi.

“Barselona” Messini saqlab qolish uchun bir necha futbolchilarni transferga qo‘yadigan bo‘ldi. Ulardan keladigan mablag‘ning asosiy qismi Lionel Messining talablarini bajarishga sarflanadi.

Fikrlar