“Barselona” muxlislari xursand!

  • 6 noyabr, 2021, 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rasman  Xavini bosh murabbiy, deb e’lon qildi. Klub matbuot xio‘mati Tvitterdagi rasmiy sahifasida jamoani bundan buyon 41 yoshli mutaxassis boshqarishi haqida xabar tarqatdi.

- Shunday bo‘lishi kerak edi. O‘z uyingga xush kelibsan, - deb bayonot tarqatdi “Barselona” matbuot xizmati. Shuningdek, Xavining “Barselona” tarkibidagi faoliyati davomida eng yorqin lahzalarini aks ettirgan videorolik ham namoyish qilindi.

“Barselona” rahbariyati Xavini olib kelish uchun “Al-Sadd”ga 5 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgan.

Xavi 1998 yildan 2015 yilgacha “Barselona” safida 505 ta uchrashuv o‘tkazib, 58 ta gol urgan. Kataloniya klubini tark etganidan keyin 2019 yilgacha “Al-Sadd” sharafini himoya qildi. Qatar klubida ispaniyalik pleymeyker 82 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urgan. Shundan keyin ushbu jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!