
"Barselona" prezidentining salomatligiga doir muhim xabar e’lon qilindi
"Barselona" prezidenti Joan Laportaning koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqlda.
Endi Laporta "Barselona"ning Ispaniya kubogi doirasida "Linares"ga qarshi va La Liga doirasida "Granada"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklarning yangi a’zosi Ferran Torresda ham koronavirus aniqlangan edi, Laporta esa uning tanishtiruv marosimida ishtirok etgan.
“Barsa”ning “Linares”ga qarshi o‘yini 5 yanvar kuni, “Granada”ga qarshi o‘yini 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar