
"Barselona" rahbari Niko Uilyamsni olib kelish imkoniyati haqida gapirdi
"Barselona" prezidenti Laporta turli xil xabarlarga qaramay, klub "Atletik"dan Niko Uilyamsni qo‘lga kiritish uchun etarlicha kuchli moliyaviy ahvolga ega ekanligiga qat’iy ishonmoqda.
"Tezkor vingerni olib kelish uchun mablag‘ bormi?", degan savolga Laporta shunday javob berdi: "Ha, bu yillar davomida shu darajaga erishish uchun qilingan ish natijasidir, biz bu transferni amalga oshirishimiz mumkin. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, lekin biz juda yaxshi ishladik va bundan mamnunmiz. Sababi, klubning moliyaviy ahvoli o‘nglanmoqda va tez orada bizda bu borada yaxshi xabarlar bo‘ladi."
Ma’lumot uchun, Uilyams "Barselona"ning radariga tushgan yagona ispaniyalik futbolchi emas. "Ko‘k-anorranglilar" "RB Leyptsig" bilan Dani Olmo transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Fikrlar