"Barselona" "Real"ning Alvares bo‘yicha harakatini oldindan bilgan
Madridning "Real" klubi "Atletiko" hujumchisi Julian Alvaresni oʻz safiga qoʻshib olishga urinib koʻrdi, ammo transfer amalga oshmadi.
"Qirollik klubi" argentinalik futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilgan boʻlsa-da, "Atletiko" raqibiga oʻz yetakchisini sotishdan bosh tortdi.
"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, "Barselona" rahbariyati "Real"ning bu qadamini avvaldan taxmin qilgan. Florentino Peres 150 million yevrolik taklif tayyorlanayotganini maʼlum qilgach, kataloniyaliklar gap aynan Alvares haqida ketayotganini tushunib etgan.
Manbaga koʻra, madridliklarning bu harakati "Barselona" uchun vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Chunki kataloniya klubi Alvaresga qiziqish bildirsa-da, bunday miqdorda mablagʻ sarflashga tayyor emas.
Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining bozor qiymatini 100 million yevro deb baholamoqda. Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar moʻljallangan.

Fikrlar