
"Barselona" "Real"ning sobiq hujumchisini sotib olmoqchi
"Barselona" kelajagi hal bo‘lmagan Vitor Roke o‘rniga hujumchi izlashni boshlagan. Variantlar orasida "Real"ning sobiq hujumchisi Borxa Mayoral ham bor, deya xabar bermoqda "AS" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, agarda braziyalik strayker jamoani tark etsa, kataloniyaliklar Borxa uchun kurashga qo‘shiladi. Ammo uning "Xetafe" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Shunday ekan, ushbu transferni amalga oshirish qiyin bo‘ladi.
Yakuniga etgan mavsumda La Ligada 15 ta gol urgan Mayoral klubidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik hujumchi o‘z vaqtida "Real"da to‘p tepgan. Uni "Xetafe" 2022 yilda 10 million evro evaziga sotib olgandi. Undan oldin esa 27 yoshli strayker "Roma", "Volfsburg", "Levante" kabi jamoalarda ijarada o‘ynagan.
Fikrlar