"Barselona" "Siti"dan tajribali futbolchi olib keladi

  • 6 mart, 20:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yozda "Manchester Siti"da sodir bo‘lishi kutilayotgan tarkibni qayta qurish ishlaridan foydalanib qolmoqchi.

Tecno

"TodoFichajes" nashrining xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" "shaharliklar" bilan yarimhimoyachi Bernardu Silvaning transferi bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlagan. Ingliz klubi vakillari 30 yoshli futbolchining vakili bilan ham aloqaga chiqqan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Silva transferining barcha shartlarini deyarli kelishib olishgan. Agar barchasi reja bo‘yicha davom etsa, bitim summasi taxminan 50 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Bernardu Silva 2017 yilning yozidan beri "Manchester Siti" safida to‘p tepib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!