"Barselona" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

  • 30 aprel, 2024, 17:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

"Barselona" Xavi Simonsga qiziqish bildirmoqda. 

Jurnalist Xose Alvares "El Chiringuito" nashriga xabar berishicha, kataloniyaliklar PSJga tegishli va hozircha "Leyptsig" safida ijarada harakat qilayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish istagida. 

Kataloniyaliklar ham uni ijaraga olmoqchi. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ham 2010 yildan 2019 yilgacha akademiyada tahsil olgan jamoasiga qaytishni xohlaydi. 

Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi Bundesligada 11 ta uzatma amalga oshirgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!