
"Barselona" Uilyams transferini tezroq hal qilmoqchi
Kataloniya klubining yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozgi transferlar oynasida Niko Uilyamsni sotib olishni klub rahbariyatiga asosiy maqsad etib belgiladi. "Barselona" jamoasi rasmiylari yaqin haftalar ichida muzokaralar o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ispaniyalik vinger uchun dunyoning top jamoalaridan qiziqish bildirilmoqda. Xususan, "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari futbolchini qo‘lga kiritish uchun ko‘z tikishmoqda. Nikoning o‘zi Kataloniya klubiga kelib qo‘shilishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Niko Uilyams yakuniga etgan mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Transfermarket" portalidagi hozirgi narxi 60 mln evroni tashkil qiladi.
Fikrlar