"Barselona" Umtitining narxini e’lon qildi

  • 3 iyul, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati joriy yozgi transferlar davrida himoyachi Samyuel Umtitini sotib yuborishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli frantsiyalik futbolchini 50 million evroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Umtitiga "Yuventus", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalardan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, futbolchi bir necha bor “Barselona”da qolmoqchi ekanligini ham aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Umtiti o‘tgan mavsum La Ligada 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!