"Barselona"dan 3 ta, "Real"dan 1 ta. Yoxud Ispaniya terma jamoasining Olimpiadaga boradigan tarkibi e’lon qilindi

  • 29 iyun, 2021, 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luisa de la Fuente Tokioga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ta’kidlash joizki, jamoada dastlabki ro‘yxatda bo‘lgan Serxio Ramos, Jerar Pike, Serxi Buskets, Xordi Alba va Serxi Roberto kabi taniqli futbolchilar yo‘q.

Ispaniya olimpiya terma jamoasi musobaqaning “C” guruhida Misr, Argentina va Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Darvozabonlar: Alvaro Fernandes ("Ueska"), Unai Simon ("Atletik"), Alexandro Dominges ("Las-Palmas").

Himoyachilar: Oskar Mingesa, Erik Garsiya (ikkalasi – "Barselona"), Xesus Valexo ("Granada"), Pau Torres ("Vilyarreal"), Oskar Xil ("Espanol"), Xuan Miranda ("Betis").

Yarim himoyachilar: Mark Kukurelya ("Xetafe"), Xon Monkayola ("Osasuna"), Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkalasi – "Real Sosedad"), Dani Sebalos ("Real"), Karlos Soler ("Valensiya"), Pedri ("Barselona").

Hujumchilar: Brayan Xil ("Sevilya"), Marko Asensio ("Real"), Dani Olmo ("RB Leyptsig"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad"), Rafa Mir ("Vulverxempton"), Xavi Puado ("Espanol").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!