"Barselona"ga Osimxen taklif qilindi, ammo asosiy maqsad boshqa

  • 06.06.2026 13:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen "Barselona"ga taklif qilindi. Bu haqida Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, vositachilar kataloniyaliklarga 27 yoshli nigeriyalik forvardni sotib olish variantini taqdim etgan. Klubda Osimxenning o‘yini yuqori baholanyotgan bo‘lsa-da, u hozircha asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi.

"Barselona"ning hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor varianti hamon "Atletiko" forvardi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.

Qayd etilishicha, transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, ammo "Kamp Nou"da argentinalik hujumchini jamoaga olib kelish imkoniyatiga ishonishmoqda.

Osimxen o‘tgan Turkiya chempionati mavsumida 22 ta uchrashuvda qatnashib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!