"Barselona"ning faqatgina bir futbolchisi o‘yindan so‘ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi

  • 08.05.2019 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi kecha “Liverpul”dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng "Enfild"ni tezda tark etishdi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning faqatgina bir futbolchisi – darvozabon Mark-Andre ter Shtegen maydonda qolib, Kataloniyadan tashrif buyurgan jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda shu kuni “Enfild”ga 1200 nafar “Barselona” ishqibozi tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" sardori Lionel Messi aeroportda muxlislar bilan janjallashib ketgani haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!