
"Barselona"ning ikki futbolchisi chorak finalni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Dani Olmo va Gavining Ispaniya kubogi doirasidagi bahsda ishtiroki haqidagi savolga javob berdi.
- Dani Olmoning maydonga tushishi uning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ehtimol, u ikkinchi bo‘limda bir necha daqiqa o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lar. Gavi esa ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi, biz uni qaydnomaga kiritmadik, - dedi jamoa ustozi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni "Barselona" Ispaniya kubogining chorak final bosqichida "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar