"Barselona"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kamida keyingi ikki o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
21 yoshli futbolchi kechagi mashg‘ulot chohida o‘ng oyoq mushaklarida noqulaylik his qilgan.
Dastlabki tekshiruv natijalari Pedrining ikki-uch haftaga safdan chiqqanini ma’lum qildi.
Shu tariqa u La Liga doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan "Almeriya"ga qarshi, shuningdek, 22 dekabr kuni Dallasda bo‘lib o‘tadigan Meksikaning "Amerika" klubiga qarshi uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.



Fikrlar