
Bartomeu Messiga oid muhim xabarni e’lon qildi
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu jamoa etakchisi Lionel Messining etishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Messi faoliyatini “Barselona”da yakunlashni istashi haqida ko‘p marotaba aytgan. Men Kuman bilan gaplashdim. U ham Messining u tayyorlayotgan loyihaning o‘zagi ekanini ma’lum qildi.
Messining jamoa bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha ekanini hammamiz bilamiz. U birinchi raqamli futbolchi va biz uchun o‘ynaydi. Men uning o‘zi va otasi bilan muntazam aloqadaman. U yangi loyiha haqida, yangi murabbiy kelishi va u Messiga ishonayotganini biladi, - dedi Josep Bartomeu.
Lionel Messini “Inter”, “Manchester Siti” va PSJ kabi qudratli klublar o‘z safiga chorlamoqda. Ular argentinalik hujumchi uchun mablag‘ ayamasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar