Bastoni “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytdi

  • 18.05.2026 21:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter"ning 27 yoshli himoyachisi Alessandro Bastoni Italiya klubida qolishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftalarda futbolchining ketish istagi sovigan. Bastoni "Barselona"ning kuchli qiziqishiga qaramay, "Inter"da qolishdan xursand bo‘lardi. Avvalroq italyaliklar futbolchini 50 million yevroga sotishdan bosh tortib, summani oshirishni talab qilishda davom etgan edi. Kataloniyaliklar murabbiyi Xansi Flik esa futbolchining texnikasiga shubha bildirdi.

Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!