
Batshuai faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
"Galatasaroy"ga 2024 yidnning yozida kelib qo‘shilgan Mishi Batshuai Germaniyaga ko‘chib o‘tdi. Uni "Ayntraxt" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olganini ma’lum qilmoqda.
Hujumchi bilan frankfurtliklar 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Transfer esa klubga 3.5 million evroga tushgan, deya xabar berdi Florian Plettenberg.
Mishi 2021 yili "Chelsi"dan "Beshiktosh"ga ijaraga beriladi. Shundan so‘ng "Fenerbbaxche" uni sotib olgandi. Oradan bir yil o‘tib, futbolchi "Galatasaroy"ga o‘tadi. Yarim mavsumlik faoliyatidan so‘ng strayker bu klubni ham tark etmoqda.
Fikrlar