"Bavariya" ikki markaziy himoyachiga qiziqmoqda

  • 24 oktabr, 22:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "Bavariya" klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqyapti.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenberg bergan habarlarga ko‘ra, Myunxen klubi sport direktori Maks Eberl va "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. "Bavariya" yozda erkin agentga aylanadigan angliyalik fulbek uchun "Real Madrid" va "Liverpul" bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, nemis klubi "Borussiya Dortmund" himoyachisi Niko Shlotterbegning o‘yinlarini ham kuzatib bormoqda. Agar Kim Min Je yoki Dayot Upamekano sotiladigan bo‘lsa, "Bavariya" germaniyalik futbolchini ham jamoaga olib kelishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, "Bavariya" joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!