«Bavariya» Sherki haqidagi mish-mishlarga munosabat berdi

  • 14.09.2026 18:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki qishki transfer oynasida «Bavariya» safiga qo‘shilmaydi. Bu haqida sport jurnalisti Kristian Falk ma’lum qildi.

Uning ma’lumot berishicha, matbuotda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, myunxenliklar Sherkini qishda sotib olish niyatida emas. Hatto fransuz futbolchisining nomzodi «Bavariya»ning rasmiy transfer ro‘yxatlarida ham bo‘lmagan. Jurnalistga bu haqida klubning sport direktori Maks Eberl ma’lumot bergan.

Falkning ta’kidlashicha, «Bavariya» odatda yanvar oyida katta transferlar amalga oshirmaydi. Faqat jamoa yetakchilaridan biri og‘ir jarohat olgan taqdirdagina rejalar o‘zgarishi mumkin.

Rayan Sherki joriy mavsumda turli musobaqalar doirasida olti o‘yinda maydonga tushdi, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va yana ikki golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!