
"Bavariya" Tuxelga mavsum oxirigacha muhlat beradi. Agar vaziyat yaxshilanmasa...
"Bavariya" klubi yaqinda "Bayer"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Tomas Tuxel borasida yakuniy qaror chiqarish niyatida bo‘lib turibdi. Biroq klub hozirgi holatni inobatga olgan holda germaniyalik mutaxassisga mavsum oxiriga qadar imkon beradi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, agar klub Bundesliga chempionligini boy bersa, mavsum oxirida Tuxelga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Hozirda uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida yuqorida nomi zikr etilgan "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso munosib ko‘rilmoqda.
Ayni paytda "qizil mashina" 50 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. Birinchi o‘rindagi "Bayer" hisobida esa 55 ochko mavjud.
Fikrlar