"Bavariya"ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar o‘zgardi

  • 19 aprel, 2024, 23:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasida qolishini e’lon qilganini eshitgan "Bavariya" rahbariyati hayron qolgan. Klub mutaxassisni myunxenliklarning yangi bosh murabbiyi bo‘lishiga ishonayotgandi, lekin taklif rad qilindi. 

Tecno

Endi rahbariyat bosh murabbiy izlashni boshlaydi. Variantlar orasida bo‘lgan Xabi Alonso "Bayer"da qolishni afzal ko‘rmoqda. Shunday ekan boshqa nomzodlar bo‘yicha ichkarida munozaralar bo‘lib o‘tyapti va ikkita nom ko‘p tilga olinmoqda. Bular De Zerbi va Ralf Rangnik, deya xabar berdi insayder Fabritso Romano. 

Mish-misharga ko‘ra, Tomas Tuxelning qolish ehtimoli deyarli yo‘q. Uning o‘zi ham buni tasdiqladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
20/04/2024 02:02
Ами чиксин