"Bavariya"ning zaxirada qolib ketgan futbolchisini "Milan" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 1 iyul, 2023, 13:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Germaniya chempionatini Italiya A Seriyasiga o‘zgartirishi mumkin. "Bayern & Germany" nashri xabariga ko‘ra, "Milan" yarim himoyachi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Rossonerilar" rahbariyati allaqachon nemis grandi vakillari bilan muzokaraga kirishgan va futbolchini transfer qilish taklifini bildirgan. "Bavariya" hali "Milan"ga javob bermadi va o‘ylashga vaqt ajratdi.

Rayan "Bavariya"ga 2022 yilning yozida ko‘chib o‘tgandi. Nemis grandi  bilan 2027 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzoladi. Uning transfer narxi 30 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!