Baxtiyor Ashurmatov: Etakchilar yo‘qligini bahona qilib ko‘rsatishni yoqtirmayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Superliga 10-turidan o‘rin olgan bahsda "Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" klublari o‘zaro bellashdi. O‘yin davomida katta ustunligikka erishgan toshkentliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qo‘qonliklar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Ochig‘i, hozirgi holatimiz uchun yomon o‘yin namoyish etmadik. "Paxtakor" bugun klass evaziga g‘alaba qozondi. Ular vaziyatlardan unumli foydalanishdi.
Mag‘lubiyatga uchrashimizga qaramay, yigitlar oxiracha kurash olib bordi. O‘yin uchun shogirdlarimga rahmat aytaman va ishonamanki, shunday jangovar ruhda davom etsak, keyingi uchrashuvlarda ijobiy natijaga erishamiz"
 
 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!