Bekmurod Oltiboev bronza medali uchun kurashadi
Ayni pallada dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Xabar berganimizdek, unda yurtdoshimiz Bekmurod Oltiboev eng og‘ir vaznli sportchilar bellashuvida yarim final bosqichida bahs olib bordi.
Mezbon sportchi Ushangi Kokauriga qarshi kechgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oltiboev endilikda bronza medali uchun kurash olib boradi. Uning bu bosqichdagi raqibi Rio Olimpiadasining kumush medali sohibi Xisayoshi Xarasava bo‘ladi. Shu tariqa ushbu vazn toifasining finalida gruziyalik Guram Tushishvili hamda ozarbayjonlik Ushangi Kokauri bahs olib boradigan bo‘ldi.



Fikrlar