Bekmurod Oltiboev Xuxxot Gran-prisining bronza medali sohibi!
Xitoyning Xuxxot shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga etdi. Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqaning so‘nggi kunida terma jamoamiz a’zosi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eng og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan Bekmurod Oltiboev yarim finalgacha bo‘lgan yo‘ni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, final ostonasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa ham bronza medali uchun kechgan bahsgao‘zini har tomonlama tayyorlay oldi va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi gollandiyalik taniqli Roy Mayerni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa terma jamoamiz vakili Tokio Olimpiadasi uchun 350 reyting ochkosini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar