
Dzyudochilarimiz uchun birinchi kun muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Xabar berganimizdek, Xitoyning Xuxxot shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi start oldi. Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etuvchi ilk musobaqaning birinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.
Reglamentga ko‘ra, ilk kunda engil vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tdi. Vakillarimizdan Sardor Nurillaev hamda Shahram Ahadov 66 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida uchinchi davrada bahslarni yakunlashgan bo‘lsa, Amangul Allanazova ilk bosqichdayoq turnir bilan xayrlashdi.
Birinchi kun yakuni bo‘yicha Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida etakchilikni qo‘lga oldi. 1 tadan oltin, kumush hamda bronza medallarini jamg‘argan Qozong‘iston terma jamoasi ikkinchi pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar