Bekxemning jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

  • 7 yanvar, 2021, 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" klubi bosh murabbiy Diego Alonsoni iste’foga chiqardi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilishgan.

Alonso boshchiligidagi jamoa o‘tgan mavsum MLSning Sharqiy konferentsiyasida 10-o‘rinni egallagan va pley-offga chiqa olmagan edi.

“Inter Mayami”ni angliyalik Fil Nevill boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!