Belal Muhammad kim bilan jang qilishni xohlaydi?

  • 26 sentabr, 2024, 15:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Belal Muhammad (24-3-1 N/C) kamarning birinchi himoyasini sobiq chempion Kamaru Usman(20-4)ga qarshi o‘tkazmoqchi emas. U Shavkat Rahmonov (18-0)  bilan jangni afzal ko‘rmoqda.

"Ayni paytda Shavkat bilan jang qilganim ma’qul.  Chunki u mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Agar o‘zaro bahsda Rahmonovni ensam, ba’zilarning og‘zi yopiladi. Usmanga kelsak, u qatorasiga  uch bor mag‘lubiyatga uchradi. Ehtimol yosh ham bunga ta’sir qilgandir. Har holda u avvalgidek kuchga ega emas. Menimcha, titul jangiga loyiq bo‘lish uchun Kamaruga bitta ajoyib g‘alaba kerak", - dedi amaldagi UFC chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Belal Muhammad "UFC 304" turnirida Leon Edvardsni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, UFC kamariga ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!