Belarus chempionati. Umarovning goli "Enertetik-BGU"ga g‘alaba keltirdi (video)
Bugun Belarus chempionatida 16-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" jamoasi safarda BATEga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, uchrashuvdagi yagona golga aynan Shahboz Umarov mualliflik qildi. Yaxshiboev esa diskvalifikatsiya bois bugun qaydnomaga kiritilmadi.
Belarus chempionati. 16-tur
BATE - "Energetik-BGU" 0:1
Gol: Shahboz Umarov (23)
Fikrlar