Belinda Benchich kurashni davom ettiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Melburn shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
 
Unda shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda har ikkala setni 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
 
Endi Belinda "Australian Open"ning uchinchi bosqichida ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo yoki estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!