
Bellingem operatsiya qilinishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem operatsiya qilinishi mumkin.
"The Atletic" nashrining yozishicha, elkasidagi muammodan forig‘ bo‘lish uchun jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin. U elkasidagi muammo sababli Angliya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi. "Kadis" va "Napoli"ga qarshi esa og‘riq bilan harakat qilgan.
Futbolchining qachon operatsiya qilinishi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar