Benzema: Men buyuk ishlar qilish uchun kelganman

  • 9 iyun, 2023, 00:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzema Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tish haqida gapirdi.

“Krishtianu Ronaldu allaqachon shu erda. U mening do‘stim va uni Saudiya Arabistonida ko‘rganimdan xursandman. Bu Saudiya Arabistoni global miqyosda o‘sishni boshlaganini ham ko‘rsatadi.

Saudiya chempionatida bir qancha yirik nomlar bor, birinchi navbatda Krishtianu Ronaldu, endi esa men. Bu Saudiyada futbol o‘sayotganidan dalolat. 

Saudiya Arabistonida o‘ynash - bu faoliyatingni tugatish degani emas. Aksincha, men Evropada nima qila olgan bo‘lsam, bu erda ham shunday qila olishimni ko‘rsatishim kerak. Axir, men bu erga mamlakat futbolini rivojlantirish va buyuk ishlar qilish uchun kelganman”, dedi “Al-Ittihod”ning yangi futbolchisi klub kanaliga bergan intervyusida.




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!