Benzema ortidan N'Golo Kante ham "Al-Ittihod" taklifiga rozi bo‘ldi

  • 7 iyun, 2023, 18:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi N'Golo Kante Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi taklifiga rozi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi yiliga 100 million evro maosh oladi. Kelishuv 2 yilga mo‘ljallangan. Shuningdek, bitimda uni uzaytirish imkoni ham mavjud. Kante Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha aynan "Al-Ittihod" klubi "Real" afsonasi Karim Benzema transferini e’lon qilgandi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu ham to‘p tepadi. U yangi mavsumda ham "An-Nasr"da qolishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!