
Benzemaga zo‘r xaridor chiqdi
“Real”ning haqiqiy etakchisiga aylanib qolgan Karim Benzema faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyatga ega bo‘lmoqda.
El Nacional nashri frantsiyalik to‘purarga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida yozdi. Yurgen Klopp Benzemani yozgi transferlar vaqtida o‘z jamoasiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.
“Qirollik klubi” mavsum yakunlanishi bilan hujum chizig‘iga Kilian Mbappe va Erling Xolandni oli kelmoqchi. Karimning o‘zi avval agar Madrid Mbappe keladigan bo‘lsa, tarkibdagi joyini unga bo‘shatib berishga tayyor ekanini aytgan.
Qolaversa, “Real” 33 yoshli to‘purarni qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, ular futbolchining PSJga o‘tishi istamayapti. Madridliklarning bu pozitsiyasi “Liverpul”ga qo‘l kelishi mumkin.
Benzemaning o‘ziga ham Angliya premer-ligasida o‘ynash qiziq tuyulmoqda.
Fikrlar