Beshta o‘yinchi olgan “Chelsi” yana ikki supertransferni ko‘zladi

  • 23 yanvar, 2023, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter joriy mavsumni jamoani o‘ziga moslashtirishga sarflamoqda. Angliyalik mutaxassis avvalgi murabbiy Tomas Tuxel tuzgan tarkibni o‘zgartirishda davom etyapti.

Tecno

Qishki transferlar mavsumida “aristokratlar” besh nafar yangi o‘yinchi uchun 140 million evrodan ortiq mablag‘ni ishlatib yubordi. Bu bilan transferlar tugagani yo‘q.

Grem Potter yana ikkita o‘yinchini o‘z jamoasiga chorlayapti. Ulardan birinchisi Moyses Kaysedo “Brayton”dan olib kelinishi kerak. Bu Potter orzu qilgan yarim himoyachisi hisoblanadi.

Shuningdek, bosh murabbiy keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgan Ris Jeyms shrniga “Lion” himoyachisi Malo Gyustoni olib kelinishini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!