
Beterbievning murabbiyi Artur bilan jangda Benavidesning imkoniyatlarini baholadi
Jon Skalli rossiyalik va amerikalik o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi. Mutaxassisning fikricha, Benavides Beterbiev uchun muammoga aylanmaydi.
Aksincha, Jonning so‘zlariga ko‘ra, Devid Artur uchun juda qulay raqib.
"Menimcha, Benavides Artur uchun qiyin raqib emas. Rostini aytsam, aksincha, bu Artur uchun qulay raqib. Menimcha, Benavidesning kuchda ustunligi va borgan sari kuchayishi Arturga qarshi jangda etarli bo‘lmaydi”, – dedi Skalli FightHype nashriga.
Ma’lumot uchun, o‘rta vazn toifasida ikki karra jahon chempioni, amerikalik Devid Benavides faoliyatidagi barcha 27 ta jangda g‘alaba qozongan. Artur Beterbievga kelsak, u ham barcha janglarida g‘alaba qilgan 20 ta g‘alaba, barchasi nokaut bilan.
Fikrlar