
Bezori aka ukasini dunyoga tanitdi
Yaponiyalik Kay Asakuraning akasi ko‘cha jangchisi bo‘lib, hamma bilan kurash olib borgan va oxir-oqibat bellashadigan hech kim qolmagan.
Bir kuni u yarim tunda Kayni tashqariga chaqirib, unga bir juft boks qo‘lqopini beradi va ukasiga hujum qiladi. Asakura akasining barcha zarbalarini chetlab o‘tishni uddalaydi. Uning aytishicha, o‘shanda u hayotida birinchi marta jang qilgan. Shundan so‘ng, akasi Kayda jangchi sifatida jiddiy salohiyatga ega ekanligini anglab etadi va uni MMA bilan shug‘ullanishga majbur qiladi. Bu haqda sportchi "MMA.Metaratings.ru" sayti bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, "UFC 310" turnirida Kay Aleksandr Pantojaga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi.
Fikrlar