
Bilasizmi, "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinlarda 2:2 hisobi ilk bor qayd etildi
Coca-Cola Superliganing 9-turida “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qildi va ushbu uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etildi.
Qiziq jihati shundaki, ushbu klublarning shu kunga qadar chempionatimizda o‘tkazgan uchrashuvlarida biror marta ham 2:2 hisobi qayd etilmagan.
Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, mazkur to‘qnashuvga qadar bo‘lib o‘tgan 22 ta bahsning 14 tasida “Nasaf” yutgan va faqat 5 ta o‘yinda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 3 marta esa durang kuzatilgan. Ushbu duranglarning ikkitasi 1:1 va bittasi 0:0 hisoblarida tugagan.
Yanada e’tiborlisi, jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlardagi ilk durang ikki yil oldin, 2018 yilgi mavsumda kuzatilgan. Ungacha esa u yoki bu jamoaning qo‘li baland kelgan. Ko‘rib turganingizdek, joriy mavsumdagi 23-to‘qnashuvda jamoalar birinchi marotaba 2:2 hisobini qayd etishdi.
Fikrlar