Bilasizmi? "Borussiya" D Bundesliganing so‘nggi to‘rt turida bor yo‘g‘i 1 ochko ishladi
Xabaringiz bor kecha Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliganing 11-turi doirasida o‘z maydonida peshqadam “Bavariya”ni qabul qildi. “Signal Iduna Park” stadionida kechgan o‘yin yakunda 1:3 hisobida myunxenliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa Peter Bosh jamosi chempionatning so‘nggi 4ta uchrashuvida bor yo‘g‘i bir ochko to‘plashga erishishdi. Qayd etish lozimki, dortmundliklar mavsum startini juda yaxshi boshlashgan edi. Ular dastlabki 7ta turning 6tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, qolgan 1tasida durang o‘ynashgan edi.
Ayni damda esa “Borussiya” peshqadam “Bavariya”dan 6 ochko kam jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar